
- Main
- Catalog
- News and Media
- Kun.uz | Rasmiy kanal
Kun.uz | Rasmiy kanal
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt:
Channel statistics
Kun.uz bilan suhbatlashib, shaharsozlik renovatsiyasini ko'zlovchi qonunni tahlil qilgan shaharsoz Murodxon Usmonov fikricha, jarayondan avval kuchli tahlil kerak. Bu umumiy shaharsozlik standartlariga qanday ta'sir qilishini o'rganish uchun vaqtni ayamaslik kerak bo'ladi. Hozir ko'proq uy-joy renovatsiyasi nazarda tutilmoqda, deydi u.
📹 SUHBATNI TO'LIQ TOMOSHA QILING
Prezident Administratsiyasi rahbari Toyloq tumanidagi barcha mahallalar aholisi toza ichimlik suvidan bahramand bo‘la olishi uchun suv tarmoqlari qanday rekonstruksiya qilinayotgani va yangilanayotganini ko‘zdan kechirdi.
Maʼlum bo‘lishicha, tumandagi “Bog‘ichinor” suv inshooti yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli hudud aholisiga sutkada 4 soatgina ichimlik suvi yetkazib bermoqda.
Ushbu muammo yangi loyiha doirasida ijobiy hal etiladi.
👉 https://kun.uz/73427675
Kun.uz rasmiy kanali
2025-yil 18-dekabr kungi tashrifda deyarli tashlandiq holatda bo‘lgan “Navoiy” oilaviy poliklinikasi oradan 4 oy o‘tib butunlay yangi qiyofa kasb etgan.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra yangidan qurilgan binoda qo‘shimcha o‘quv kurslarida malaka oshirib qaytgan tibbiyot xodimlari yaxshilangan sharoitlarda mehnat qilmoqda.
👉 https://kun.uz/70318501
Kun.uz rasmiy kanali
2025-yil 18-dekabr kungi tashrifda deyarli tashlandiq holatda bo‘lgan “Navoiy” oilaviy poliklinikasi oradan 4 oy o‘tib butunlay yangi qiyofa kasb etgan.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra yangidan qurilgan binoda qo‘shimcha o‘quv kurslarida malaka oshirib qaytgan tibbiyot xodimlari yaxshilangan sharoitlarda mehnat qilmoqda.
👉 https://kun.uz/70318501
Kun.uz rasmiy kanali
Namangan shahrida profilaktika inspektori Bahrom Do‘stnazarovning “gaplashib olamiz” degan gapiga ishonib IIB binosiga borgan Abdulahad O‘rmonov o‘lasi qilib kaltaklandi.
So‘ng xodimlar uni huquqbuzar sifatida qamashga harakat qilishgan. Biroq sud ishni qaytarib yuborishi sabab ularning bu g‘ayriinsoniy rejasi amalga oshmay qoldi.
Ko‘rsatuvda ichki ishlar organi xodimlari sodir qilgan ushbu jinoyat tafsilotlari haqida hikoya qilinadi.
📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Bugun urushlarda inson kuchi bosh omil bo‘lib qolmoqda, asosan robotlar qatnashadigan kelajak esa hali uzoqdek tuyuladi.
Ammo Ukraina hujumlarni amalga oshirish va askarlarini asrash uchun raketa yoki bombalar bilan qurollangan yerusti apparatlaridan tobora ko‘proq foydalanmoqda.
👉 https://kun.uz/76311598
Kun.uz rasmiy kanali
Oxirgi yillarda Saudiya shayxlarining futbolga sarflayotgan katta pullari keng muhokamalarga sabab bo‘lyapti. Biroq Osiyo futbolidagi bu «kino»ning premerasi bundan bir necha yil oldin Toshkentda boshlangandi. 2008-2010 yillarda «Bunyodkor» jahonning taniqli futbolchi va murabbiylarini O‘zbekistonga chaqirishni odat tusiga aylantirdi.
O‘shanda braziliyalik futbol afsonasi Rivaldo ham poytaxt klubiga olib kelingandi. Oradan shuncha payt o‘tgan bo‘lsa-da, yuzaga kelgan moliyaviy mojarolar hali ham tugagani yo‘q.
👉 https://kun.uz/48670498
Kun.uz rasmiy kanali
Buxoro shahri markazidagi qator binolar, xususan, viloyat hokimligi ofisi ham bundan 2 yil avval “Boqiy Buxoro” etnografik sayyohlik markazi qurilishi sabab buzilgan edi. Biroq ushbu loyiha nomaʼlum sabablar ortidan to‘xtatilgan. Xo‘sh, avvalboshidan bu ishlar puxta rejalanganmidi o‘zi? Madaniy meros agentligi bilan ochiq muloqotda Kun.uz Buxoro bo‘yicha hozirgi reja qandayligini so‘rarkan, rasmiylar savolni ochiq qoldirdi hamda bu bo‘yicha alohida matbuot anjumani o‘tkazilishini aytdi.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Pentagonning yuqori bo‘g‘inlarida Eron bilan urushda AQSH harbiy amaliyotlarini «yetarli darajada qo‘llab-quvvatlamagan» ittifoqchilarini jazolash variantlari muhokama qilinmoqda.
Ushbu choralar orasida Ispaniyani NATOdan chetlatish hamda Britaniyaning Folklend orollariga bo‘lgan daʼvosi yuzasidan AQSH pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqish masalalari bor.
👉 https://kun.uz/39628437
Kun.uz rasmiy kanali
▪️Toshkentda uy olmoqchi bo‘lgan ikki mingga yaqin kishini chuv tushirgan InFinStroy-Invest va Credit House kompaniyalari mansabdorlariga sud hukmi o‘qildi.
▪️Prezident ishlamay quruq oylik olib o‘tirganlarni tanqid qildi.
▪️Surxondaryoda neft daryoga oqdi.
▪️Chirchiqda «ko‘cha yechimi» va bezorilik bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi.
Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.
👉 https://kun.uz/16861077
Kun.uz rasmiy kanali
Sanjar Karimovga nisbatan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Sudlanuvchiga aytishicha, tezkor tadbirda olingan narkotik modda “otasining paltosidan chiqqan”.
“Otamda demensiya kasali bo‘lgani uchun giyohvand moddalarni shifokor tavsiyasi bilan isteʼmol qilardi”, dedi u.
Sud majlisida Sanjar Karimov va uning advokatlari Olimboyevlar ishi bo‘yicha muhokama markazidagi uyni egalariga qaytarish haqida ham aytib o‘tdi.
👉 https://kun.uz/20719300
Kun.uz rasmiy kanali
Reviews channel
Catalog of Telegram Channels for Native Placements
Kun.uz | Rasmiy kanal is a Telegram channel in the category «Новости и СМИ», offering effective formats for placing advertising posts on TG. The channel has 74.9K subscribers and provides quality content. The advertising posts on the channel help brands attract audience attention and increase reach. The channel's rating is 5.4, with 0 reviews and an average score of 0.0.
You can launch an advertising campaign through the Telega.in service, choosing a convenient format for placement. The Platform provides transparent cooperation conditions and offers detailed analytics. The placement cost is 322.56 ₽, and with 0 completed requests, the channel has established itself as a reliable partner for advertising on Telegram. Place integrations today and attract new clients!
You will be able to add channels from the catalog to the cart again.
Комментарий