
- Main
- Catalog
- Computer science
- Dasturlash hayoti️️ ️
Dasturlash hayoti️️ ️
✓ Dasturchilar va dasturlash hayotini yoritib boradigan loyiha!
Channel statistics
Rasmda ko'rib turgan kodingizda qisqa tutashuv (
short-circuit) mantiqiy amallari yashiringan. Qani, kim birinchi bo'lib to'g'ri javobni sababi bilan izohda yozib bera olar ekan? Kutamiz! 👇
(Kanal adminidan maslahat: kodni copy-paste qilmasdan, miyada hisoblab ko'ring
PHP'da yillab tajribaga ega backend dasturchilar kodni iloji boricha qisqa, xavfsiz va tez ishlaydigan qilishga harakat qilishadi. Buning uchun ular PHP'ning kuchli funksiyalaridan foydalanishadi.
Mana o'sha TOP-10 "qutqaruvchi" funksiyalar:
array_map() va array_filter()Uzundan-uzoq
foreach tsikllaridan qutulish yo'li. Massivdagi ma'lumotlarni tezkor qayta ishlash va kerakmaslarini toza filtrlash uchun eng yaxshi yechim.json_encode() va json_decode()Backend va Frontend o'rtasidagi asosiy "ko'prik". API orqali kelayotgan va ketayotgan JSON ma'lumotlarni PHP massivlariga (yoki obyektlarga) o'girish uchun har kuni, har soatda ishlatiladi.
array_column()Ma'lumotlar bazasidan (DB) olingan ko'p o'lchamli massiv ichidan faqat bitta kerakli ustunni (masalan, faqat foydalanuvchilarning ID larini) sug'urib olish uchun super funksiya.
password_hash() va password_verify()Xavfsizlik birinchi o'rinda! Hech qanday eski MD5 emas, aynan shu funksiyalar orqali parollar zamonaviy va ishonchli usulda shifrlanadi va tekshiriladi.
isset() va empty()Xatoliklarning (Warning va Notice) oldini olish bo'yicha chempionlar. O'zgaruvchi umuman mavjudmi yoki qiymati bo'shmi — shuni eng xavfsiz usulda tekshirib beradi.
explode() va implode()Matnlarni qismlarga bo'lish (masalan, vergul yoki bo'shliq orqali massivga ajratish) va teskarisi — massivdagi so'zlarni bitta yaxlit matn qilib yig'ish uchun.
sprintf()Matnlarni (string) juda toza va chiroyli formatlash uchun. Matn ichiga o'zgaruvchilarni tartibsiz qo'shib yozish o'rniga, shablon asosida xatosiz joylashtirishni ta'minlaydi.
file_get_contents()Nafaqat fayllarni o'qish, balki uchinchi tomon API'lariga tezkor (sodda) GET so'rovlarni jo'natish va javob olishning eng oson usuli.
preg_match()Doimiy ifodalar (Regex) ustasi. Matn ichidan raqam, email yoki murakkab shartli so'zlarni qidirib topish va tekshirish uchun ishlatiladi.
array_reduce()Massivning barcha elementlarini ketma-ket aylanib chiqib, bitta yakuniy natijaga (masalan, savatchadagi barcha tovarlarning umumiy summasini hisoblashga) yig'ish imkonini beradi.
#foydali #php #backend #dasturlash #top10
Siz ushbu ro'yxatga yana qaysi funksiyani qo'shgan bo'lardingiz? Izohlarda yozib qoldiring!
Windframe — bu Tailwind CSS yordamida veb-saytlar yaratish va ularning prototipini chizishni sezilarli darajada tezlashtiradigan ajoyib vosita.
Asosiy qulayliklari:
#foydali #tailwind #css #frontend #dasturlash
Git’ni o'rganishni zerikarli deb o‘ylaysizmi? Bu sayt orqali siz Git’ni o'yin shaklida, oson va qiziqarli tarzda o'rganishingiz mumkin.
Unda siz kundalik ishlarda eng ko'p ishlatiladigan asosiy Git komandalarini amaliy tarzda o'zlashtirasiz.
#foydali
Mijozdan daxshat chotki, hamma narsasi dona-dona qilib tushuntirilgan TZ (texnik topshiriq) keladi. Kofeni damlab, kompyuterni ochasan. Vue.js da chotki qilib frontni yig'ib tashlaysan. Backend bilan ulasang, hamma narsa birinchi urunishdayoq silliq ishlaydi. Soat 18:00 da noutbokni yopib, maza qilib ko'chaga aylangani chiqib ketasan.
Kodni yozasan — ishlamaydi. Nega ishlamayotganini soatlab qidirasan. Oxiri qayerdadir bitta oddiy vergul (,) qolib ketganini ko'rib, asabing o'ynaydi. To'g'rilaysan. Endi ishlaydi... lekin nega ishlayotganini o'zing ham bilmaysan!🤯
U yog'dan Vuex state'lari o'zicha aylanib ketadi, backend'dan umuman boshqa ma'lumot kelishni boshlaydi. Soat tungi 03:00. Ko'zlar qizargan, asablar "crash" bo'lgan. Ertalab turib qarasang, kechasi maza qilib ishlab turgan kod o'z-o'zidan ishlashdan bosh tortadi. Sabab? Uni hech kim bilmaydi!
Xulosa: Dasturlash — bu kompyuterga nima qilishni o'rgatish emas, balki "Iltimos, ishla endi jigar" deb yalinish san'atidir.
IT-shnik do'stlarga yuborib qo'yamiz.
Bitta saytning ichida dasturlash va dizayn uchun yuzlab kerakli vositalar (tools) jamlanganini ko'rganmisiz?
Bu platformada CSS uchun tayyor generatorlar, animatsiyalar, kodni formatlash va boshqa ko'plab qulayliklar bor. Eng qizig'i — bu saytdagi bor kontentning juda kichik bir qismi xolos. Veb-dasturchilar (ayniqsa frontenderlar) uchun ishni ancha osonlashtiradi va vaqtni tejaydi!
(Eslatma: Saytga kirishda VPN talab qilinishi mumkin🛡 )
#foydali #frontend #css #dasturlash
Eng kuchli ishtirokchilar Yandex'dan imkoniyatlarga ega boʻladi.
Yandex Coding and Math Contest endi Oʻzbekistondagi 18 yoshdan katta oliy o‘quv yurtlari talabalari, dasturchilar, muhandislar va IT-mutaxassislari uchun ochiq.
Agar siz algoritmlar, matematika va zamonaviy dasturlash tillarida oʻzingizga ishonsangiz, 2026-yil 25-aprelgacha ariza topshiring.
CMC nima?
Yandex tomonidan yaratilgan va Yandex School of Data Analysis tomonidan qoʻllab-quvvatlangan dasturlash va matematika tanlovi. Bu oʻzingizni sinab koʻrish, kuchli ishtirokchilar bilan tanishish va ajralib turish imkoniyati.
Sizni nimalar kutmoqda:
• Ishtirok etish bepul
• Ikki bosqichda: hamma uchun onlayn, eng kuchli ishtirokchilar uchun oflayn final
• Har bir bosqichda 8–10 ta algoritmik va matematik vazifalar
• Tanlov tili: ingliz tili
Gʻoliblar Yandex ML School Uzbekistan'ga Fast track, Yandex Uzbekistan'da amaliyot uchun suhbat imkoniyati va Yandex'dan boshqa sovrinlarni qoʻlga kiritadi.
Batafsil maʼlumot va ariza topshirish
Yandex “Yandex Coding and Math Contest” loyihasi doirasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatmaydi.
Reklama kontenti
Sayt yasagandan keyin uni test qilish jarayonida ism, email, raqam, parol va boshqa qatorlarni qayta-qayta o'zingiz to'ldirishga vaqt sarflab charchadingizmi?
Unda Fake Filler nomli Chrome kengaytmasi (plagini) ayni siz qidirgan narsa! U bitta klik bilan har qanday veb-shakllarni tasodifiy (random) ma'lumotlar bilan avtomatik to'ldirib tashlaydi. Bu esa xatoliklarni qidirish va test jarayonini ancha tezlashtirib, asabingizni asraydi. 🚀
Do'stlar va tanish testerlarga yuborib qo'yamiz, vaqtlarini tejashsin!
#foydali #dasturlash #tester
Reviews channel
Catalog of Telegram Channels for Native Placements
Dasturlash hayoti️️ ️ is a Telegram channel in the category «Интернет технологии», offering effective formats for placing advertising posts on TG. The channel has 11.7K subscribers and provides quality content. The advertising posts on the channel help brands attract audience attention and increase reach. The channel's rating is 5.3, with 0 reviews and an average score of 0.0.
You can launch an advertising campaign through the Telega.in service, choosing a convenient format for placement. The Platform provides transparent cooperation conditions and offers detailed analytics. The placement cost is 32.26 ₽, and with 0 completed requests, the channel has established itself as a reliable partner for advertising on Telegram. Place integrations today and attract new clients!
You will be able to add channels from the catalog to the cart again.
Комментарий